Fiverrda qanday qilib birinchi buyurtmani olish mumkin? (Boshlovchilar uchun 5 maslahat)
Fiverrda qanday qilib birinchi buyurtmani olish mumkin? (Boshlovchilar uchun 5 maslahat)
Fiverr — dunyodagi eng mashhur freelance platformalardan biri. Ammo ko‘pchilik yangi ro‘yxatdan o‘tgach, birinchi buyurtmani olishda qiynaladi. Quyida sizga Fiverr’da mijoz topish bo‘yicha 5 ta eng samarali maslahatni taqdim etamiz.
✅ 1.
Noyob va aniq xizmat yozing (Gig title)
“Logo design” emas, balki:
➡️ “Modern, minimal logo design with free mockup” — bu diqqat tortadi.
Oddiy va umumiy nomlar bilan odamlar sizni ko‘rmaydi.
✅ 2.
Portfel joylashtiring
Siz hali ish topmagan bo‘lsangiz ham, o‘zingiz uchun sinov sifatida 3–4 ish bajaring va rasm/tavsif bilan gig’ga qo‘shing. Mijozlar real misollarni ko‘rsa, ishonch ortadi.
✅ 3.
Narxni pastdan boshlang
1-bosqichda yuqori narx emas, mijoz va review olish muhim.
$5–$10 oralig‘ida boshlang, keyin reyting oshgach narxni ko‘taring.
✅ 4.
Offline mijoz toping va Fiverr orqali o’tkazing
Agar tanishlar orasida xizmatga muhtojlar bo‘lsa, ularga Fiverr profil havolangizni berib, u yerdan buyurtma qilishlarini so‘rang. Shu orqali reyting ortadi.
✅ 5.
24/7 javob berishga harakat qiling
Buyurtmachilar ko‘p holatda kim tez javob bersa — o‘shani tanlaydi. Dastlabki 10 ta potential mijozga 5–10 daqiqa ichida javob bersangiz, bu sizni algoritmda ko‘taradi.
🔚 Xulosa:
Fiverr’da muvaffaqiyatga erishish vaqt, sabr va harakat talab qiladi. Har bir professional ham noldan boshlagan. Siz ham agar tizimli yondashsangiz, daromad olishga kafolat bor.
Комментарии
Отправить комментарий